Buxoroda yangi mehmonxonalar qad rostlamoqda

b4e082af-c57d-4017-8b80-9e83393e317c.jpg


Sayyohlik mavsumi boshlanishi bilan barcha qulayliklarga ega, zamonaviy, hamma shart-sharoitlari muhayyo mehmonxonalarga bo’lgan ehtiyoj ham ortib boraveradi. Shunday mehmonxonalardan yana bir nechtasi Buxoroda qad rostlamoqda.


Xususan, “Muhabbat Xayri Saxovat” MChJ tomonidan Kogon tumani va Buxoro shahrida sayyohlar uchun mukammal xizmat ko’rsatuvchi 3 ta mehmonxona qurilishi olib borilmoqda. 2019-yilning 4-choragiga qadar topshirilishi rejalashtirilayotgan Kogon tumani "Bahouddin Naqshbandiy" hamda "Xo'ja Mir Kulol" ziyoratgohlari atrofidagi mehmonxonalar qurilishi tugatiladi va buning natijasida 10 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.
Shuningdek, Buxoro shahridagi zamonaviy mehmonxona qurilishi esa kelasi yilning mart oylarida tugatilishi rejaga kiritilgan va 24 xonadan iborat bo’lib, 45 o’ringa mo’ljallangan hamda 15 ta ish o’rni yaratilishi belgilab qo’yilgan.
Soha rivoji maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

ff2d5d70-2f01-4a94-8bbb-7f26b066050a.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati.

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan