Buxoroda yangi mehmon uylari ochildi

photo_2018-09-08_16-56-55.jpg


Turizm faoliyati subyektlarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari ko’rsatish sohasida yangi ish o’rinlari tashkil etish, qolaversa, aholining bandligini va farovonligini oshirish maqsadidagi Vazirlar Mahkamasining 2018-yili 7-avgustdagi 631-sonli “Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Buxoro shahri Hazrati Qo’chqor ko’chasi 1-uyda “Abdulaziz Abdurahmon baraka omad” oilaviy mehmon uyi 5-sentabridan boshlab ishga tushirildi.


Shuningdek, Buxorodagi yana bir oilaviy mehmon uyiga sayyohlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko’rsatish uchun litsenziya topshirildi. Hazrati Qo’chqor 22-uyda joylashgan "Shahribonu” mehmon uyi ham tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Turizm sohasi rivojidagi targ’ibot ishlari davom etmoqda.

photo_2018-09-08_15-52-14.jpgphoto_2018-09-08_15-52-18.jpg


Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati