Buxoro viloyati turistik logotipini yaratish boʻyicha koʻrik-tanlov e'lon qilindi

1402203216_tmb1.jpeg

Eʼlon

Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan ajoyib imkoniyat. Siz oʻzingizni iqtidorli dizayner deb oʻylaysizmi? Unda Buxoro viloyati turistik logotipini yaratish boʻyicha koʻrik-tanloviga marhamat!

Koʻrik tanlov 2018 yilning 18 avgustidan 10 sentyabrigacha davom etadi va “Eng yaxshi turistik logotip” nominatsiyasi boʻyicha loyihalar ushbu muddatda qabul qilinadi.

Buxoro viloyatining turistik logotipini yaratib pul mukofotlari yoki qimmatbaho sovgʻaga ega boʻling!

“Eng yaxshi turistik logotip” nominatsiyasi boʻyicha
loyihalarni saralash quyidagi talablar asosida aniqlanadi:

1. Buxoro viloyatning turistik logotipi oʻzining alohida tashqi koʻrinishi va mazmuniga ega boʻlishihamda viloyatda turizm infratuzilmasini va turizmning rivojlanishi tendensiyasini oʻzida aks ettirishi;

2. Buxoro viloyatning turistik logotipi viloyatda turizmni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini qamrab olishi lozim.

3. Loyihalarni tanlashda quyidagi mezonlarga eʼtibor qaratiladi:

- gʻoyaning mazmuni va yangiligi;

- logotip elementlari sifatida bir vaqtning oʻzida oʻtmishning, hozirgi davrning va kelajakning aks etishi;

- logotipni tashkil etuvchi elementlarning asoslab berilganligi va ularga sharhning mavjudligi;

- logotipning fuqarolar hamda xorijiy mehmonlar uchun tushunarli boʻlishi va uning tezda xotirada qolishi;

- logotipning Buxoroning betakror va boy tarixiy ildizlarini aks ettirishi;

- logotipda milliy urf-odatlarni inobatga olgan ravishda ranglar jilosining mavjudligi;

- logotipning koʻrinishi oʻzida viloyatning tarixi va turistik salohiyatini aks ettirishi;

- logotip viloyat sayyohlik, iqtisodiy va investitsion jozibadorlikni aks ettirishi lozim;

- logotipning jahonda nufuzi oshishini eʼtiborga olib, uning xorijiy turistlarning talablariga mos tushishiga ahamiyat qaratilganligi;

- logotip shakli kompozitsiyasida muvaffaqiyatli turistik logotiplarning tajribasining inobatga olinganligi va ularning arizalarda keltirilganligi;

- logotip tasvirining suvenirlar tayyorlashda soddaligi va aniqligi;

- logotipning boshqa turistik logotiplardan farqli boʻlishi yoki afzalligini bildiruvchi elementlarga ega boʻlishi,

- logotipning koʻrinishi boshqa yoki teskari (qarama-qarshi) maʼnoni anglatmasligi,

- logotipning oʻz mazmun-mohiyatini ochgan holda oʻziga xos boʻlishi,

- minimal darajada grafik elementlardan tarkib topishi, (oʻqilishi oson boʻlishi, birinchi gʻoya yaxshi boʻlsa ham tasvir unga yordam berishi kerak, yoki ixcham tasvir maʼnoga yordam berishi kerak, shu region xarakterini ochib berishi shart, jimjimadorlik asosiy maqsaddan chalgʻitadi, va hokazolar)

Tanlov ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi


1. Tanlov ishtirokchilarini roʻyxatga olish uchun “Eng yaxshi turistik logotip” nominatsiyasi boʻyicha viloyat ishchi guruhi nomiga ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

2. Hakamlar hayʼati aʼzolari turizm sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar hamda tarix, adabiyot fanlari proffesorlaridan tanlanadi.

3. Buxoro viloyatining turistik logotipini ishlab chiqish boʻyicha koʻrik-tanlov ishtirokchilari roʻyxati viloyat ishchi guruhi tomonidan tuziladi.

4. Har bir ishtirokchi yoki gʻoya muallifi tomonidan bir nechta loyihalar taqdim etilishi mumkin.

5. Tanlovda arizalarni topshirish va taqdimot qilish ishtirokchining shaxsan oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.

6. Koʻrik-tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

- ariza;

- anketa

- rasm 3*4 (2 ta);

- tanlovda taqdim etilayotgan loyihaning qisqacha mazmuni;

- logotipning elektron koʻrinishi (TIFF, PSD yoki JPG 1500 px.) hamda A3 formatida chop etib tasdiqlangan boʻlishi;

7. Koʻrik-tanlov boʻyicha taqdim etilgan loyihalar 2018 yilning
10 sentyabrdan 20 sentyabrga qadar Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamentida hayʼat aʼzolari tomonidan koʻrib chiqiladi.

5.8. Maʼlumotlar toʻliq aks ettirilmagan arizalar viloyat ishchi guruhi tomonidan qabul qilinmaydi.

Arizalar Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamentida qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: 0-365-221-55-50, 0-365-221-53-10

Fursatni qoʻldan boy bermang, gʻolib boʻling!

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Mustaqillik koʻchasi,1-uy

 

Turizmni rivojlnatirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan