Buxoro qadamjolari mehmonlar diqqat e'tiborida

photo_2018-11-05_11-41-43.jpgXabaringiz bor, Vladimir Jirinovskiy boshchiligida LDPR deputatlaridan iborat delegatsiya Buxoroga tashrif buyurishgan. Ushbu tashrif asnosida go’zal va betakror shahrimizning tarixiy qadamjolarida, shu qatorida, “Ark” qal’asi, “Ismoil Somoniy” me’moriy yodgorligida bo’lib, Buxoroning boy qadimgi namunalari, tarixidan bahramand bo’lishdi. Ertakona shaharda o’tayotgan har bir lahza ular uchun hayratga aylanayotganini ular bildirayotgan qiziqishlardan, shahrimiz sha’niga aytilayotgan iliq ta’riflardan ham sezish mumkin.

So’ng Buxoroning milliy bozorlarida ham bo’lib, sotuvchilar bilan hamsuhbat bo’lishdi. Xalqimizning xushmuomalasi, mehmonnavozligi, yana bir karra mehmonlarni hayratda qoldirdi.Shahrimiz bo'ylab o'tgan sayohat MTM(maktabgacha ta'lim muassasa)larini ham chetda qoldirmadi. Jirinovskiy boshchiligidagi deputatlar Buxoro shahridagi 82-sonli bolalar bog'chasiga ham tashrif buyurib, u yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Tarbiyachilar bilan suhbatda bo'lib, kelajak avlodning sog'lom o'sishi, tarbiyalanishi, mustaqil fikrlarini bayon qilishi uchun o'tkazayotgan amaliy ishlari bilan tanishishdi.

Buxoroning har bir fuqarosi tomonidan mehmonlarga qilingan muomala, ko'rsatilgan mulozamat, mehmondo'stlik mehmonlarning barchasida iliq va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

photo_2018-11-05_11-41-40.jpg

photo_2018-11-05_11-41-36.jpgphoto_2018-11-05_11-41-33.jpg

photo_2018-11-05_11-41-46.jpgphoto_2018-11-05_11-45-21.jpgphoto_2018-11-05_11-41-43.jpg

 

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati