Boybuloq gʻori ustida olimlar dinozavrlar izlariga duch kelishdi

xNd_5j-XNxNLOdhaU5uK7yLP-9rrmwDT.jpg

Kun.uz axborot agentligi xabar berishicha Rossiya, Fransiya va Shveysariya olimlari Oʻzbekistonning Choʻlbayir togʻli hududidagi Boybuloq gʻori atrofida dinozavrlarning izlarini aniqlashdi. Bu haqda ekspeditsiya rahbari, Yekaterinburg speleologlar klubi raisi Vadim Loginov maʼlum qildi.

Olimlar aytishicha, Oʻzbekiston janubiga, Choʻlbayir platosiga amalga oshirilgan xalqaro ekspeditsiya yakunlandi, unda Rossiya, Fransiya va Shveysariyadan 25 nafar speleolog qatnashdi. Boybuloq gʻori ustida ular dinozavrlar izlariga duch kelishgan. Olimlar hududda bunday izlarni bir necha yil izlashgan va ularni bugun bu izlar tasodifan topildi. Loginovning aytishicha, ekspeditsiya natijasida 2 kilometrdan ortiq yangi yoʻllar ochilgan va gʻorlarning birlashishi boʻyicha uchta asosiy yoʻnalish aniqlangan. Ekspeditsiya Yekaterinburg shahri speleologlar klubi tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, Ural speleologlar assotsiatsiyasi, Rossiya va Fransiya speleologlar ittifoqlari qoʻllab-quvvatlovi ostida amalga oshirildi.

78r4cQilu6zbukIdu3H7HDZH-VXJTX51.jpgRpoCT9H4Cw2JcbWSYr7cLWAOWu2764yr.jpg

Suratlar manbaasi: kun.uz

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi mabuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan