BDU Oliygohida xalqaro ijtimoiy fanlar anjumani bo'lib o'tdi

photo_2018-10-20_13-35-58.jpg

Dunyoda ijtimoy fanlarni rivojlantirish va turkiy davlatlar hamkorligini yangi pog'onaga olib chiqish uchun Uzbekiston va Turkiya davlatlari katta loyihalarni amalga oshirmoqda.

 

"Buxoro kuni" festivali munosabati bilan Buxoro davlat universitetida bo'lib o'tgan "Xalqaro ijtimoiy fanlar" anjumanida Turkiya davlati vakillari ham ishtirok etishdi. Kongressda Turkiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmed Basher Shen, TIKA rahbari Ali Ihsan Chaglar, Turkiya "Buyuk Millet Mejlisi" parlamenti raisi o'rinbosari Mustafa Shantop hamda nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar va Buxoro viloyat hokimining Turizm masalalri bo'yicha o'rinbosari B.Shaxriyorov nutq so'zlashdi.

Konferensiya so'ngida tomonlar kelajakdagi rejalar amaliga umid bog'lab o'zaro taqdirlash marosimini ham o'tkazishdi. BDU oliygohidagi ushbu anjuman kelajakda mamlakatimizda ham ijtimoiy, ham fundamental fanlar rivojiga o'z hissasini qo'shishiga biz ham umid bildiramiz. Festival munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda. 

Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.

photo_2018-10-20_13-36-18.jpg

photo_2018-10-20_13-35-49.jpg

photo_2018-10-20_13-35-43.jpg

photo_2018-10-20_13-36-25.jpg

photo_2018-10-20_13-36-32.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati