Barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz!

222b3f8b7b.jpg

Aziz yurtdoshlar! Sizni xalqimizning eng aziz va muqaddas bayrami – Mustaqillik bayramining 27 yilligi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz. Oʻzbekistondagi turizm sohasini rivoji yoʻlida aholimiz bilan birgalikda hamjihat boʻlib Yurtboshimiz oldimizga qoʻygan vazifalarni birgalikda amalga oshirayotganimizdan xursandmiz.

Qisqa davr ichida Prezidentimiz rahnamoligida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xalqimiz kutgan yangiliklar va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalqimiz manfaati yoʻlida qilinayotgan oʻzgarishlar nafaqat yurtimiz aholisi, balki butun jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmoqda. Bunda, albatta, har bir fuqaroning oʻz oʻrni va ahamiyati bor.

Sizlarga hamisha mustahkam sogʻlik, kuch-gʻayrat va ishlaringizda omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi jamoasi