Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida

Hozirgi kunda turizm sohasini rivojlantirishda yoʻlovchi tashish xizmatini yoʻlga qoʻyish, zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2018 yil 5-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish toʻgʻrisida"gi 994-son qarori tasdiqlandi.

Qabul qilingan hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori bekor qilindi.

Taʼkidlash joizki, joriy yilning 5 dekabrida qabul qilingan ushbu hujjat 15 kundan 5 kungacha boʻlgan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tegishli litsenziyalar berishda, hujjatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish jarayonini soddalashtiradi va talabnoma beruvchiga qarorni maʼlum qilish muddatini – 3 kundan 1 kungacha qisqartiradi.

Ushbu hujjat, avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyxatini soddalashtiradi.
Endilikda avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya olmoqchi boʻlgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etilmaydi:
mavjud boʻlgan transport vositalariga egalik huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma yoki boshqa mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi ishonchnoma;
ijara shartnomasi;
transport vositasining texnik pasportidan nusxa;
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tegishli boʻlimi tomonidan berilgan transport vositalarining texnik jihatdan tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjat.

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan