Arabistonlik sayyoh rasmiy doira vakillari bilan uchrashdi

43dfc31b-1b64-4056-b799-1032b2ff55e4.jpg


Saudiya Arabistonidan navqiron Xiva shahriga tashrif buyurib, o’zbek xalqi uning madaniyati haqida arab tilida o’z asarini yozib, uni o’zbek tilida chop etish taklifini bildirgan Janob Aldarazi haqida xabar bergan edik.


Kecha 1-avgust kuni Xorazm viloyati hokimining Turizm masalalari bo’yicha o’rinbosari T.Davletov boshchiligida Xiva shahar hokimi E.Yaqubov, Turizmni rivojlantirish departamenti hodimlari, Xorazm Ma’mun akademiyasi hodimlari bilan birgalikda uchrashuv tashkillashtirildi.
Sayohatlari davomida o’zbek xalqiga xos ko’plab jihatlar diqqatini tortgani va ularni o’z asarida ko’rsatib o’tganini aytib o’tdi. Xiva shahar hokimi tomonidan arab tili grammatikasi va fonetikasini yaratishda muhim hissa qo’shgan Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy hayoti va uning Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof “ asari haqida ma’lumotlar berildi.
Viloyat hokimining turizm masalalari bo’yicha o’rinbosari T. Davletov janob Aldaraziga tashrifi va o’zbek xalqi haqida yozilgan asari uchun minnatdorchilik bildirdi. Yaqin kunlarda kitobning nafaqat o’zbek tilida balki boshqa chet tillarida ham chop etish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam berishlarini aytib o’tdilar. Mehmonlarimizga estalik sovg’alarini topshirib, o’zbek xalqiga xos mehmondo’stlik bilan Xorazm suzma paloviga taklif qildilar.

50b1d8ac-ee0b-464c-b777-a9540c29cba0.jpg

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan