Arabistonlik sayyoh nigohida O’zbekiston madhi

50b1d8ac-ee0b-464c-b777-a9540c29cba0.jpg

Kuni kecha Qadim Xorazm diyoriga Saudiya Arabistonidan Aldarazi Mohammed Hassan Ibrohim o’z rafiqalari bilan tashrif buyurdilar. Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari janob Aldarazi bilan suhbat olib bordilar va uning yurtimiz haqidagi taassurotlari haqida intervyu oldilar.

Aytishiga qaraganda Janob Aldarazi O’zbekistonga jumladan, Xorazm diyoriga bir necha marta tashrif buyurgan va o’z sayohatlari davomida diyorimiz odamlarinig madaniyati urf odatlari va mehmon do’stligiga tan bergan va o’zining yorqin taassurotlarini yozib borgan. Qariyb 4 yil davomida yig’gan taassurotlariga asoslangan holda “Trough The Silk Road- Uzbekistan” nomli kitob yozgan va bu kitob Saudia Arabistonida 1000 nusxada nashrdan chiqqan.

video
Janob Aldarazi o’zining ushbu kitobida o’zbek xalqining oziga xos ko’plab jihatlarini bayon etgan.
“O’zbekistonga ilk bora bundan 4 yil oldin kelganman, sayohatim davomida dastlab meni tarixiy obidalaringizga juda qiziqib qoldim ko’p joylarda bo’lganman bunday boy tarixni ko’rmaganman keyinchalik xalqingiz, an’analaringiz bilan tanishdim va o’zbek xalqining boshqa hech qayerda uchramaydigan mehmondo’stligi samimiyligi meni o’ziga tortdi va ushbu asarni yozishga undadi. Men uni o’z his-tuyg’ularim bilan yozdim va uni barchaga ulashishni xohladim. Ushbu kitobga Arabistonda juda katta qiziqish bildirishdi ” - deydi muallif .
Shuningdek, muallif ushbu asarini o’zbek tilida chop etish niyati borligi bildirdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan