Amirsoy tog’-chang’i kompleksi haqida so'nggi yangiliklar

IMG_1131.png

 

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chimyon turistik zonasida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-sentyabrdagi “Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chimyon turistik zonasida xalqaro darajadagi togʻ-changʻi kompleksini qurish orqali rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga asosan, qurilish ishlarining birinchi bosqichi doirasida 4.3 km uzunlikdagi avtomobil yoʻli qurib bitkazildi.

Farmoyishga asosan hududda xalqaro talablarga mos, keng koʻlamli qurilish ishlari 2018-2022-yillarda amalga oshirilishi belgilangan. Unga koʻra, qurilish loyihasi uch bosqichdan iborat boʻlib, ular har xil murakkablikdagi togʻ-changʻi tarmoqlarini yaratish, kanatka uchun yoʻl ochish, snowboard uchish uchun maxsus joy va muz maydonlari barpo qilishni koʻzda tutadi.

 

IMG_1131.png

 

 

Loyihaning birinchi bosqichi ikkita kanatka yo’lini qurishni o’z ichiga oladi.

 Belgilangan sanaga ko'ra, tog’-chang’i kompleksining ochilishi 15-dekabr kuni o'tkazilishi kerak edi. Ommaviy axborot vositalarida og’ir va noqulay sharoit (xususan, elektr energiyasini yetkazib berishda va avtomobil yo'l qurilishidagi uzilishlar) tufayli yuzaga kelayotgan ko’pgina qiyinchiliklar haqida hamda obyektning foydalanishga topshirilishi kechikishi mumkinligi haqida ma’lumot berib borildi.

 Shuningdek, hududda qurilish ishlarini olib borayotgan avstriyalik ishlab chiqaruvchilar va magistral yoʻl quruvchilar 2019-yil yanvarida oʻtirgan holdagi teleferikni hamda gondolli teleferik turining yoʻlini ham ishga tushirishni taklif qilmoqdalar.

Hozirda hudud uchun foydalanilishi koʻzda tutilgan va Germaniya, Avstriya hamda Fransiyada ishlab chiqarilgan qor avtomobillari, qor mototsikllari, changʻilar, snowboardlar va boshqa qor va muzda uchadigan uskunalarini sotib olingan.

 

IMG_1aa129.jpg

 

Chimyon turistik zonasi dam olish maskanining ishga tushirilishi bevosita ob-havo sharoitlariga bogʻliqligini alohida taʼkidlash kerak. Sayr qilishni boshlash uchun qor qoplami yetarli boʻlishi kerak.

 

Тurizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan