Oʻz DSt 3220:2017 «Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar» mavzusi bo‘yicha maslahat kursi

rnukts

«Turizm soxasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi» DUK, «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK bilan birgalikda 2018 yilning 29-30 yanvar kunlarida (9.00 dan 13.00 gacha) Oʻz DSt 3220:2017 «Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar» mavzusi bo‘yicha maslahat kursi o‘tkaziladi.

Maslahat kursi mehmonxona xizmatlarini tashkil etuvchi va xizmatlarini taqdim etish jarayonlarida qatnashuvchi rahbarlar, joylashtirish vositalari xodimlari va menejerlari uchun mo‘ljallangan.

Maslahat kursining asosiy maqsadi – Oʻz DSt 3220:2017 «Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar» davlat stadartining joylashtirish vositalarida asosiy talablarini ko‘rib chiqish, shuningdek, ushbu standartni tashkilotlarda joriy qilish uchun tavsiya va maslahatlar berish.

Kurs davomida quyidagi asosiy savollar ko‘rib chiqiladi:

- turizm sohasidagi davlat siyosati;

- turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi;

- turizm xizmatlarini standartlashtirish;

- joylashtirish vositalariga umumiy va boshqa talablar, shuningdek, Oʻz DSt 3220 davlat standarti bo‘yicha boshqa zaruriy ma’lumotlar.

Ushbu kursda ishtirok etish tadbirkorlik subyektlari uchun joylashtirish vositalariga va ularda taqdim etilayotgan xizmatlarga qo‘yilgan yangi talablar bo‘yicha bilimini oshishiga, hamda mehmonxona xizmatlari sifat darajasini oshirishda yordam beradi.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK ning raxbariyati va yetakchi mutaxassislari konsultant-lektorlar etib tayinlangan.

Kursda qatnashish uchun Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її. elektron manziliga yoki +99871 2680025 faksga to‘ldirilgan arizani yuborishingizni so‘raymiz.

Arizalar 2018 yil 25 yanvargacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni kurs koordinatori Xallakova Barnodan olishingiz mumkin (Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її. , tel.: +99871 268 73 71).

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan