Diqqat tanlov!

UzbekistanlogoO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali biznes-rejalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida, yoshlar o‘rtasida, turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda oliy ma'lumotga ega bo‘lgan, oliy ta'lim muassasasini oxirgi uch yil davomida bitirgan, turizm sohasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari tomonidan biznes loyihalar Tanlov komissiyasiga yuboriladi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqich joriy yilning 20 dekabridan boshlanib, birinchi bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar o‘zlarining biznes loyihalarini Tanlov komissiyasiga taqdimot qiladilar.

Tanlov mezonlari asosida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha bo‘lgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.

Shuningdek, loyiha samaradorligini ta'minlash maqsadida Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston-Yaponiya markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hujjatlar (ariza, biznes loyiha haqidagi batafsil ma'lumot va biznes-reja) joriy yilning 10 dekabriga qadar (o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida) Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 47-uy yoki Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її. ; elektron manziliga yuborishlari lozim.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: +99871 233 57 54

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan