“O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi 23 yoshda

UzbekistanlogoMamlakatimizda jahon andozalariga javob beradigan turizm sohasini rivojlantirish, ushbu soha boshqaruvini takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda turizm sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  1992-yil 27-iyuldagi № PF-447 Farmoni asosida «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi, uning asosiy vazifalaridan biri turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hisoblanadi.

fon9

Ma`lumki, O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasining eng qadimgi markazlaridan biri bo‘lib, mintaqada eng muhim turizm salohiyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng turizm sohasidagi davlat siyosatida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. Turizm sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘tkazish doirasida davlatimizda zamonaviy, yuqori samarali va raqobatdosh sayyohlik majmualarini barpo etilishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, mustaqillik yillarida bir qator me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi, bunga turizm sohasini turli xil jihatlarini tartibga solish va rivojlantirishga yo'naltirilgan O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm haqidagi” Qonuni kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Rahbariyati tashabbusi bilan davlatimizda va viloyatlarimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ustuvor yo‘nalishli amalga oshirish maqsadida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va bularni ichida sarmoyalarni jalb etish, turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, sayyohlarni jalb qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish, sayyohlar uchun yo‘ldosh infratuzilma ob‘ektlarining holatini yaxshilash, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish islohotlari amalga oshirilmoqda.

1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi BMT Jahon sayyohlik tashkilotining to‘la huquqli a‘zosi bo‘lganligi ushbu sohani yana bir bosqichga ko`tardi. Ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi bu nufuzli tashkilotning Ijroiya kengashi a‘zosi bo‘lib kelmoqda.

BMT Jahon sayyohlik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorligi doirasida muhim xalqaro sayyohlik yo‘nalishni- Buyuk Ipak yo‘lini ro‘yobga chiqarish maqsadida 1994 yil dunyoning 19 ta davlatlar tomonidan Buyuk Ipak yo‘lida turizm to‘g‘risida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi shafeligida mashhur Registon maydonida imzolandi.

Madaniyatlar o‘rtasida hamfikrlik va farovonlik, tinchlikni ta‘minlash muhimligini ta‘kidlab 1999 yil turizm va madaniy merosni saqlash to‘g‘risida Xiva deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu deklaratsiya BMT JST, YUNESKO va Evropa Kengashi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston dunyo turizm rivojlanishiga muhim hissa qo‘shganini e‘tirofga olib, 2004 yilga Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha idora ochildi.

Ipak yo‘lidagi turizmni rivojlanishining xalqaro loyihasida O‘zbekiston rolini oshirish, BMT JST idorasining maqomini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida, 2010 yilning oktyabr oyida, Samarqand shahrida BMT JST ning Buyuk Ipak yo‘lida turizmni rivojlantirish masalasi bo‘yicha xalqaro konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasini 2014 yil 1-3 oktyabr kunlari qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazildi, bu tadbir Samarqand deklaratsiyasining Buyuk Ipak yo‘lida turizmni rivojlantirish a‘zo-mamlakatlari xalqaro loyihasini qabul qilinganligining 20 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek mustaqillik yillarida mamlakatimiz turizm sohasida horijiy mamlakatlat bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirdi.

37 tadan ortiq davlatlar bilan hukumatlararo kelishuvlar tuzildi. Ushbu davtlatlarga Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Portugaliya, Malayziya, Kipr, Koreya Respublikasi, Rossiya va Turkiya va boshqa davlatlar kiradi. Shuningdek “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ham 16 tadan ortiq davlatlarning sayyohlik boshqaruv idoralari, jumladan Ispaniya, Polsha, Yegipit, Eron, Vengriya, Latviya, Singapur davtalatlari  bilan memorandumlar imzoladi. 

Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1995 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Ipak yo‘lida turizm” nomli Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi (TXTK) yetuk mutaxassislar tomonidan xalqaro turizm ko‘rgazmalari orasida ilg‘or xalqaro tadbir darajasida baholanib, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan yuqori baholandi. Har yili unda 40 dan ortiq mamlakatlardan 12 ming nafar ishtirokchilar qatnashadilar.

2013 yildan boshlab O‘zbekistonning milliy merosini jahon miqyosida targ‘ib etish, xorijiy sayyohlar oqimini jalb qilish maqsadida har yili bahorda yangi xalqaro tadbir - “Dam olish dunyosi” O‘zbek xalqaro turistik ko‘rgazmasi yo‘lga qo‘yildi va ko‘rgazma doirasida tashkillashtirilgan “Hosted buyers” dasturi O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bo‘lgan professional xaridorlar uchun muzokaralar olib borish uchun qo‘lay imkoniyatdir.

23 yil mobaynida O‘zbekistonning muhim xalqaro turistik ko‘rgazmalarda ishtiroki sezilarli darajada o‘sib bordi. Hukumat ko‘magida o‘zbek turistik firmalarining Istambul, Madrid, Riga, Berlin, Moskva, Parij, Rim, Tokio va Londondagi yirik xalqaro ko‘rgazmalarda ishtiroklari samarali natijalar berdi. O‘z navbatida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK O‘zbekistonning yagona Milliy stendini tashkil etishda doimiy hamkorligini alohida ta'kidlash lozim.

O‘zbekiston o‘zining ulkan sayyohlik salohiyatiga ega ekanligini, yildan yilga qad ko‘tarilayotgan mehmonxonalar, savdo majmualari va boshqa dam olish maskanlarining ko‘payotganligi isbotlaydi. Bugun mamlakatda turli davrlar va sivilizatsiyalarga oid 7 mingdan ortiq yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatini arxitektura va shaharsozlik obidalarini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo‘nalishidir. Bu yo‘nalishlarning 65 tasi tarixiy-madaniy meros ob'yektlari, 30 tasi tabiiy-rekreatsion, 15 tasi sog‘lomlashtirish turizmi elementlarini o‘z ichiga olgan ekologi hisobolanadi.

Hozirgi paytda yurtimizda 550 ta sayyohlik kompaniyasi - turoperatorlari faoliyat yuritmoqda, 50 mingdan ziyod o‘ringa ega bo‘lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglar sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizga har yili dunyoning 70 dan ortiq davlatidan horijiy fuqarolar tashrif buyuradilar va ularning yillik soni 2 millionga yaqindir. Turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy mutaxassislar tayyorlaydigan 5 ta oliy o‘quv yurti, jumladan, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Toshkent filiali va shuningdek, 12 ta kasb-hunar kolleji faoliyat ko‘rsatmoqda. 

“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati