Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlashtirish markazi

 

 

"TXKvDM" DUK

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yilning 2-dekabridagi ПП-2666 “Ozbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkillashtirish to’g’risida”gi farmoniga binoan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga “Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markaziy boshqarmasi”, O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi qoshidagi “Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markazi” DUK ga o’zgartirildi,

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga “Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markaziy boshqarmasi”ni tashkil etish 29.11.1993 yili “O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari” haqidagi farmoni va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga binoan Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani hokimi tomonidan 1994- yilning 7-yanvaridan boshlab № 14 – PX o’z faoliyatini yurutishni boshlagan edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi turizmni qollab quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan Idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2009-yil noyabr oyidagi protokol qaroriga muvofiq horijiy sayyohlarni kutib olish va kuzatish hamda ularga yuqori darajali xizmatlarni ko’rsatish maqsadida18.08.2009 yildan boshlab “Toshkent” Xalqaro aeroporti zalida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurig’iga asosan ochildi.

“Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markazi” DUK ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ko’rsatiladigan xizmatlar:

Kompleks xizmatlar – Toshkent shahar aeroportlarida kutib olish va mehmonxonalarga olib borish.

Komplaeks xizmatlar – Toshkent shahar aeroportlarida kuzatish va mehmonxonadan aeroportga olib borish (pick up);

-Mehmonxonalarda xonalarni band qilish;

-Viza ko’magi;

-Tur va ekskursiyalar tashkil qilish;

-Transferlarni tashkil qilish;

-“Toshkent” XA dan kelib ketuvchi horijiy sayyohlarga tegishli tibbiy yordam xizmatlarini ko’rsatish;

-Toshkent shahridagi aerportlarga taksi yetkazib berish va buyurtma berish:

Rahbariyat

“Turistlarga xizmat ko’rsatish va dispetcherlik markazi” DUK direktori-

Ravshanbekov Javlonbek Ravshanbekovich

Manzil: O’zbekiston, 100077 Toshkent shahri, Ipak Yo’li ko’chasi, 115

Tel: 998 71 268-17-91; 998 94 638-00-03

Faks: 998 71 268-17-91

E-mail: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.

"TXKvDM" DUK - ustavi (.pdf hajmi 2,6 mb)