“O’zbekturizm” MKda “O‘zbekiston” yo‘l ko‘rsatkichi namoyishi

Bugun “O‘zbekturizm” MK binosida “O‘zbekiston” yo‘l ko‘rsatkichi elektron variantining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

poliglot russkiy gidYo‘l ko‘rsatkich “Rus gidi. Poliglot” nashr seriyasi doirasida “Marakanda Expedition” kompaniyasining buyurtmasi bo‘yicha «Ayaks-Press» bilan hamkorlikda nashr qilinishi rejalashtirilmoqda va yo‘l ko'rsatkich asosan Rossiya sayyohlari va sayyohlik kompaniyalari uchun mo‘ljallangan.

Nashr tirajining umumiy miqdori -10 ming namunada beriladi. Ushbu so‘rovnoma 2015 yilning sentyabr oyida nashr qilinishi rejalashtirilmoqda.

Oxirgi vaqtlarda Rossiyadan yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning sezilarli darajada oshishi Rossiya tur kompaniyalari va agentliklari uchun O‘zbekiston asosiy sayyohlik yo‘nalishiga aylanganligini hisobga olgan holda, yo‘l ko‘rsatkichning yaratilishi va Rossiya va O‘zbekiston turizm bozori uchun zarur va dolzarb jarayon hisoblanadi.

So‘rovnoma Rossiya kitob magazinlari, chakana savdo tarmoqlari, supermarket tarmoqlari, xalqaro aeroportlarda joylashgan savdo maskanlarida, «duty-free» magazinlarida, sayyohlik agentliklarida, internet-magazinlarda va kitob ko‘rgazmalarida savdoga chiqariladi.

140 sahifadan iborat bo‘lgan ushbu yo‘l ko‘rsatkich Rossiyalik sayyohlarni mamlakatimizdagi sayyohlik marshrutlari, ko‘zga ko‘ringan joylari, muzeylari, mehmonxonalari va restoranlari, ayniqsa mamlakat madaniyati, aholi urf-odatlari va an'analari bilan tanishtiruvchi, shuningdek amaliy maslahatlar beruvchi manba sifatida nashr qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Yo‘l ko‘rsatkich 3 bo‘limdan iborat bo‘ladi.

Birinchi o‘rinda “Sayyohatni rejalashtirish” bo‘limida Rossiyalik sayohatchilar mamlakatimizning iqlimi, sayyohlik mavsumlari, O‘zbekistonning transport tizimi, faol dam olishning turlari, bolalar bilan dam olish imkoniyatlari haqida bilib olishingiz mumkin.

“Mamlakat va aholi” bo‘limida mamlakat tabiati, madaniyati va  dini to‘g‘risida qisqacha ma'lumotlar berib o‘tilgan. Shiningdek milliy an'analar, ovqatlar va ichimliklari, respublikaning bayramlari va festivallari to‘g‘risida gapirilib o‘tilgan.

“O‘zbekiston bo‘yicha mashrutlar” bo‘limida 9 ta eng taniqli sayyohlik mashrutlari bo‘yicha  ma'lumotlar berilib, ular asosan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkentning tog‘ yon-bag‘rilarida joylashgan  kurortlar, Shimoliy va Janubiy O‘zbekiston (Nukus, Qashqadaryo, Surxondaryo), Farg‘ona vodiysi, Zomin va Aydarkul maskanlari bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar berilgan.

Shuningdek  yo‘l ko‘rsatkichga O‘zbekiston va Toshkentning flip-xaritasi ilova qilingan.  Namoyishda ishtirok etganlar, ko‘zga ko‘ringan olimlar, siyosatchilar va jurnalistlar yo‘l ko‘rstkichning asosiy mazmun-mohiyati, tuzilishi, dizayni to‘g‘risida umumiy fikrlarini bildirib, ushbu qo‘llanma nafaqat Rossiya sayohatchilariga balki boshqa mamlakatlardan tashrif buyurayotgan sayohatchilar uchun ham asosiy qo‘llanma bo‘la olishini ta'kidlashdi.

“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan