“O‘zbekturizm” MK “O‘zbekistonga sayyohat qilishning 10 ta sababi” broshyurasini ishlab chiqdi

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini tashqi bozorda  targ‘ib etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi “Buyuk Ipak yo‘li” reklama agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonga sayyohat qilishning 10 ta sababi” reklama-tarqatma broshyurasining dizaynini ishlab chiqdi va nashrdan chiqardi. 

boshura 10 prichinA5 shaklidagi broshyuralar iste'molchilarga eng yangi va dolzarb ma'lumotlarni yetkazish  va ulardan foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi.  Broshyuraning bu kabi o‘lchovi o‘qish uchun juda qulaydir. A5 shaklidagi broshyurani olib har qanday sharoitda o‘qish imkoni bo‘ladi. Juda kichik va qulay ushbu broshyura ko‘p joyni egallamaydi va hattoki ichki chuntakka, yoki ayollar sumkasiga ham joylasha oladi.

Keyingi oyda ushbu axborot broshyurasi ma'lumotlari fransuz, nemets, italyan, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab tillarida chiqariladi. Broshyuraning umumiy tiraji 10 ta tilda 80 000 ta namunani tashkil etadi va mamlakatimiz va chet elda eng ko‘p auditoriyaga ega ma'lumotnoma sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu broshyura O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish uchun sayyohlik guruhlarini shakllantirishga qiziqayotgan turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar, kompaniyalar asosiy mijozlar hisoblanadi. Shuningdek broshyura O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik missiyalari uchun mo‘ljallangan.

Broshyura O‘zbekistonning mutaxassislari orasida tarqatiladi va O‘zbekistonning milliy stendi namoyishlari davrida, xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan sayyohlik ko‘rgazmalari, turizmga bag‘ishlangan seminarlar, namoyishlar vaqtida foydalaniladi.

Manba : “Buyuk Ipak yo‘li” RA ww.tourfair.uz

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan