Surxondaryoga Malayziyalik mehmonlar qiziqishi ortmoqda

Flag MalaysiaJoriy yilning iyun oyida Malayziyaning sayyohlik sohasi tadbirkorlaridan iborat bir guruh vakillar Surxondaryoning bir qator tarixiy-arxeologik obidalari bilan tanishish maqsadida mehmon bo‘lishdi. Ushbu guruhga Malayziya turizm sohasi yetakchi mutaxassislaridan sanalgan professor Viktor Vi Eng Lei boshchilik qildi va mehmonlarda viloyatning buddizm ibodatxonalari qoldiqlari topilgan manzili alohida qiziqish  uyg’otdi.

Malayziyadan kelgan sayyohlarning shu yildagi Surxondaryoga ikkinchi tashrifi bo‘lib, aprel oyida 60 nafar sayyoh yurtimizning bir qator shaharlari qatori, Surxondaryo viloyatining muqaddas qadamjolariga ziyorat uyushtirishgan edi.

           fajaztepa        zurmala tower

Ushbu delegatsiya tarkibidagi professional suratkash janob Chin Chou Hung fikricha, Termez tumanidagi birinchi asrga ta’luqli bo’lgan Fayoztepadagi buddizm ibodatxonasi, 3-asrga tegishli Kampirtepa qal’asi va Termez shahridagi Zurmala minoralari Malayziyalik sayyohlar orasida mashxur ekan.

Mehmonlar orasida sayyohlik tashkilotlari vakillari ham ishtirok etib, viloyatning mehmonxonalari va yaratilgan qulayliklar darajasidan qoniqish hosil qilganliklari bildirishdi. Tashrif yakunida ushbu tadbirkorlar va mahalliy hamkorlar o‘rtasida Malayzidan sayyohlar yuborish bilan bog‘liq bir qator kelishuvlar imzolandi.  Kelishuvlarga ko‘ra, ilk sayyohlik guruhlari shu yilning kuz oylaridan boshlab yurtimizga tashrif buyura boshlaydi. 

“O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan