Buxoroda mehmonxona va biznez treininglar

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi” hamda Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorlikda 24 apreldan 1 mayga qadar Buxoro shahridagi mehmonxona va restoran biznesi sohasi xodimlarining o‘z malakalarini oshirishga qaratilgan o’quv treninglari boshlandi.

tika buhara 1Loyihaning asosiy maqsadi Buxoro shahridagi mehmonxona biznesida xorijiy va mahalliy mehmonlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishdan iborat.

tika buhara 2

tika buhara 3

8 kun mobaynida o’tkazilishi rejalashtirilgan malaka oshirish kurslarida mehmonxona va restoran biznesi sohasi xodimlari nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’ladilar. Ushbu loyihada jami 110 nafar ishtirokchi – Buxoro davlat universiteti Turizm fakultetidan 9 nafar o’qituvchi va magistratura bosqichi talabalari, Buxoro turizm kollejidan 31 nafar murabbiy va o’quvchilar, Buxorodagi Aist, Amulet, Atlas, Al-Buxoriy, Buxoro Baraka, Zargaron Plaza, Rangrez, Minzifa, Komil, Minorai Kalon, Doston Dasturxon, Mextar Anbar, Rumi, Salom Inn, Sash i sin,  Kamelot, Siyavush, Xurjin, Malika, Aziya Buxara, Roziya Komiljon, Nurafshon va Navoiy shahridagi Zarafshon Grand  kabi mehmonxona xodimlari ishtirok etmoqdalar.

tika buhara 4

Turkiya mehmonxona biznesi yetakchi mutaxassislaridan tuzilgan o‘qituvchilar guruhi  Saffet Mufit Uzman – mehmonxona menejmenti va front office, Sema Aydin – xona xizmati, Esma Özkök – oshpazlik, Resat Yildirimkaya – ofitsiant va barmen vazifalari haqida tinglovchilarga saboq berishadi.

Malaka oshirish kurslarining so’nggida ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.

Matbuot xizmati

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan