O’zbekiston bo’ylab sayohatlar uchun kreditlar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori ijrosi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga O’zbekiston bo’ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun iste’mol kreditlarini ajratish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, hozirgi kunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining olgan ma’lumotlariga ko’ra, tijorat banklari tomonidan aholiga O’zbekiston bo’ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. so’mdan ortiq iste’mol kreditlari ajratilgan. 

Batafsil...

Yoshlar uchun sanoat turlarining joriy etilishi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorining 1-ilovasi 31-bandi bilan yosh avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, korxona va texnologik jarayonlar tarixini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratgan holda o’zbek, rus va ingliz tilidagi ekskursavod xizmatlarini taqdim etib yoshlarni yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirishga yo’naltirilgan industrial turlarini, shuningdek tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarni taqdim etgan holda alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish ko’zda tutilgan bo’lib, joylarda sanoat turizmini rivojlantirish bo’yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xozirgi kunga qadar Xorazm viloyatida umumiy hisobda 3700 dan ortiq yoshlarga, hususan oliy o’quv yurtlari talabalarining 1125 nafari, kasb-hunar kollejlarining 1127 nafari, umumta’lim maktab o’quvchilaridan 1150 nafardan ortig’i profilaktik hisobda turgan yoshlarning 15 nafari hamda boshqa ko’plab yoshlarga sanoat turizmi bo’yicha sayohatlar tashkillashtirilgan.

Batafsil...

Press-reliz: Birinchi xalqaro turizm investitsion forumi

.jpg2018 yil 19-21 noyabr kunlari "O'zekspomarkaz" da turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsion forumi o'tkaziladi. Birinchi va ikkinchi kunlari “O’zekspomarkaz” da bo’lib o’tadi, uchinchi kuni obyektlarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

2016-yil oxirida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yildagi turizmni rivojlantirishga keng yo'l ochgan «O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirish» haqidagi farmoni imzolandi. Xususan, joriy yilning 9 oyi mobaynida xorijiy sayyohlar soni 4,4 million kishini tashkil etdi, bu esa 2017 yilga nisbatan 2 barobar oshgani (2,2 million) haqida xabar beradi.

Batafsil...

Xorazm viloyatida turizm sohasi sub’ektlari uchun qo’shimcha yengilliklar yaratilmoqda

Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan turizm sohasi vakillarining taklif va muammolari doimiy ravishda atroflicha o‘rganib kelinmoqda.
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi PQ-3939-sonli “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirilishini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Xorazm viloyati bo‘yicha tashkil qilingan Respublika Ishchi guruhi bilan hamkorlikda departament tomonidan viloyatdagi mavjud holat chuqur tahlil qilinib, vohaning turistik imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga alohida ahamiyat berilmoqda.

Batafsil...

Xorijdagi vatandoshlar bilan turizmni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

IMG_9248.jpgJoriy yilning 10 noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida O’zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Yoshlari umumjahon asotsiatsiyasi, “Nihol” o’zbek-nemis ilmiy-madaniy jamiyati hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Хorijiy innovatsion g’oyalar va texnologiyalar hamda ularni O’zbekistonda tatbiq qilish istiqbollari” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.

Batafsil...

Xorazmda sayyohlar uchun tashkil etilayotgan ma`lumot markazlari soni oshmoqda

Sayyohlarga zamon talablari darajasida xizmat ko’rsatish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida, Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, yangidan qurib foydalanishga topshirilayotgan Xiva vokzalida ham yurtimiz mehmonlari uchun ma’lumotlar markazi tashkil qilindi.

Endilikda vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlarimiz vokzal hududida turib o’zlari uchun zarur bo’lgan aviachiptalar, temir yo’l biletlari narxlari va ularni band qilish, mehmonxonalar haqida to’liq ma’lumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taksi chaqirish xizmatlari, fototransport vositalarini ijaraga olish, gid ekskursavod xizmatlaridan foydalanish va viloyatda o’tkaziladigan madaniy ko’ngilochar tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni o’zbek, ingliz va rus tillarida malakali mutaxassislar tomonidan olishlari mumkin.

Batafsil...

"Urganch" xalqaro aeroportida ziyoratchi-sayohatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitla

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-3514-sonli Qarori va 04.16.2018 yildagi PF-5416-sonli Farmoniga muvofiq ziyorat qilish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarga diniy marosimlarni ado etishiga qulay shart-sharoitlarni yaratish va ularga sifatli xizmat ko'rsatish, jamoat joylarida sanitariya - gigiyena uzellari (hojatxonalar), zamonaviy talablarga javob beradigan tahoratxonalar qurilishini tashkil etish maqsadida, Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan "Urganch" xalqaro aeroportida ziyoratchi sayyohlarga namoz va tahorat olish uchun maxsus xonalar zamonaviy standartlarga mos ravishda yaratildi va foydalanishga topshirildi. 

Batafsil...

Тошкентда Италия туризми хафталиги бўлиб ўтади

2018 йилнинг 7, 8, 9, 12 ноябрь кунлари (9:00 дан 16:00 гача) Туризм ўқув-консалтинг маркази Италиянинг Галилео Феррарис Институти биргаликда Тошкентда “Италия туризм ҳафталиги” лойиҳасини амалга оширмоқда.

Туризм соҳасида хизмат кўрсатиш ва меҳмондўстлик даражаси, шунингдек, туризм соҳаси ходимларининг профессионал кўникмаларини ошириш мақсадида, Италиялик мутахассислар Ўзбекистон туризм соҳаси мутахассислар (меҳмонхона ходимлари, сайёҳлик компаниялари, ресторанлар ошпазлари, барменлар ва официантлар) учун қуйидаги 3 та йўналишда бир қатор маҳорат-дарслари ўтказишади.

Batafsil...

Италия туризмининг хафталиги

Жорий йилнинг 7 - 13 ноябр кунларида “Туризм ўқув консалтинг маркази” ДУК ва Италиянинг GalileoFerraris институти ҳамкорлигида Тошкент шаҳрида «Италия туризмининг хафталиги» деб номланган лойиҳа ташкил этилади. Лойиҳа Ўзбекистон Республикаси туризмни ривожлантириш давлат қўмитаси ва Ўзбекистоннинг Казертедаги (Италия) Фахрий элчиси Витторио Джорджи томонларидан қўллаб қувватланди.

Batafsil...

uzbpass

Русский            O'zbekcha

Imtiyozlar va chegirmalar

Davlat manbalari

prezident matbuot hizmati

hukumat portali

oliy majlis senati

qonunchilik palatasi

Dam olish uchun yurtimizning qaysi shahriga sayohat qilar edingiz ?

Buxoro - 22.9%
Samarqand - 37.6%
Xorazm - 12.1%
Xiva - 14.5%
Farg'ona - 12.8%

Barcha ovozlar soni: 2272
The voting for this poll has ended on: 29 Mart 2019 - 00:00

Sayyohlik portali

logo Uzbekistan

epigu uz 

logo gis uz

Hozir saytda 29 mehmon mavjud Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar - 0